Описание
Men IT huquqi, korporativ masalalar, shartnoma hujjatlari va huquqiy murojaatlar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan komplayens mutaxassisi va mediator bo'laman. Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik xizmatlar ko‘rsataman.
Komplayens va korporativ huquq:
- Soliq, mehnat, IT, raqobat va boshqa sohalardagi qonunchilik monitoringi
- Ichki reglamentlar, lokal hujjatlar, komplayens siyosatlarini ishlab chiqish
- Biznes jarayonlarini qonun va standartlarga muvofiqligini tekshirish
- Korporativ tartiblarni nazorat qilish: yig‘ilishlar, bitimlar, hisobotlar
- Kontragentlarni due diligence tekshiruvi, korrupsiyaga qarshi dasturlar, etika kodekslari
- Ichki tekshiruvlar, firibgarlik va korrupsiya xavfini baholash
- AML/CFT, sanksiyalarni tekshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish (jumladan, GDPR)
- Mehnat muhofazasi, mehnat huquqi, kamsitishdan himoya bo‘yicha maslahatlar
Shartnoma va murojaatlar amaliyoti:
- Shartnomalar, shikoyatlar, murojaatlar, da’volarga javoblar tayyorlash
- Komplayens shartlari bilan shartnomalar tuzish: korrupsiyaga qarshi bandlar, sanksiyaviy qoidalar, KYC/AML klauzalari
- Kompaniya manfaatlarini rasmiy tartib-taomillarda himoya qilish