2024-08-15
|ID вопроса: 000341
Категория: Lavozim yo'riqnomasi
Автор: GATE OF JUSTICE AB
5.1.1. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va sport, sog‘lomlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va sport, sog‘lomlashtirish bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda – bo‘lim boshlig‘i) boshqaruv xodimlar tarkibiga kirib, rektor tavsiyasiga asosan muassasa Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bo‘limi boshlig‘i ish joyida bo‘lmaganda (mehnat ta’tili, xizmat safari, mehnatga layoqatsizligi tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra) uning xizmat vazifalarini muassasa Prezidenti tomonidan tayinlangan boshqa tajribali xodim bajaradi. Bo‘lim boshlig‘i yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorga bevosita hisobdor hisoblanadi.
Пример шаблона:
Пустой