2024-07-30
|Savol ID: 000063
Kategoriya: Ishdan bo'shatish
Muallif: ATTORNEY OF WEST-EAST AF
“Aholi bandligi to’g’risida’’ gi qonunga ko’ra ishsizlik nafaqasi — ishsiz shaxslarni davlat tomonidan kafolatlangan tarzda pul shaklida qo‘llab-quvvatlash turi hisoblanadi. 44-moddasiga asosan, oʻn olti yoshdan to pensiya taʻminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʻlim muassasalarida taʻlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʻtirof etiladi
Bo'sh