logo

Men yaqinda uy joy uchun ipoteka krediti olgandim. Ish haqimdan kreditni to’layman. Mening oylik ish haqimdan daromad solig’i ushlanadimi yoki ma’lum imtiyoz bormi?

Ko'rish

Men yaqinda uy joy uchun ipoteka krediti olgandim. Ish haqimdan kreditni to’layman. Mening oylik ish haqimdan daromad solig’i ushlanadimi yoki ma’lum imtiyoz bormi?

2024-07-30

|

Savol ID: 000020

Kategoriya: Soliq majburiyati

Muallif: ATTORNEY OF WEST-EAST AF

Qisqa javob

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko’ra olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;

To'liq javob

Ma'lumotnoma

Bo'sh